携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniyaning eksport bo鈥榶icha savdo vaziri tarixda birinchi marta O鈥榸bekistonga tashrif buyurdi

2022-yilning 7-iyun kuni Buyuk Britaniyaning eksport bo鈥榶icha savdo vaziri Mayk Frier Toshkentga tashrif buyurdi. Bu Buyuk Britaniya savdo vazirining O鈥榸bekistonga birinchi tashrifi bo鈥榣di.

袘褍 2019 to 2022 Johnson Conservative government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪

O鈥榯gan yili Buyuk Britaniya va O鈥榸bekiston o鈥榬tasidagi tovar ayirboshlash hajmi ikki baravar ko鈥榩ayib, 478 million dollarni tashkil etdi va uni yana ikki barobar oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Shu munosabat bilan, Buyuk Britaniya savdo munosabatlarimizni rivojlantirishni qo鈥檒lash uchun savdoni rivojlantirish jamg鈥檃rmalaridan foydalanishni o鈥檙ganmoqda.

Vazirga Buyuk Britaniyaning kichik biznes delegatsiyasi, jumladan, London fond birjasi, Standard Chartered banki, Arup va TheCityUK ning yuqori martabali vakillari hamrohlik qildi. Britaniya korxonalari O鈥榸bekistonning ulkan xususiylashtirish dasturini qo鈥榣lab-quvvatlashga tayyor.

Tashrif chog鈥榠da vazir quyidagilar bilan uchrashdi:

  • Moliya vaziri o鈥榬inbosari Odilbek Isoqov;
  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Bosh vazir o驶rinbosari/ Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov;
  • Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori;
  • 鈥淥鈥榸bekiston aeroportlari鈥� kompaniyasi raisining o鈥榬inbosari.

Moliya vazirligida uchrashuv

Vazir Frier Moliya vazirining o鈥檙inbosari Odilbek Isoqov bilan uchrashdi va Britaniyaning moliyaviy va professional xizmat ko鈥榬satuvchi kompaniyalarining mamlakatda biznes yuritishdan katta qiziqishi borligini ta鈥檏idlab, ular 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiyoti uchun katta imkoniyatlar ko鈥檙ayotganini aytib o鈥檛di.

Shuningdek, yevroobligatsiyalar chiqarish va 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning yirik davlat korxonalari va banklari aksiyalarini London fond birjasida joylashtirish bo鈥檡icha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Standard Chartered va Britaniya kredit agentligi (UKEF) hukumatni markaziy hukumat darajasida moliyalashtirishni qo驶llab-quvvatlash, shuningdek, kapital bozorlariga kirishni ta始minlash, investitsiyalarni jalb qilish va aktivlarni boshqarishni takomillashtirishga yordam berishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. TheCityUK mamlakat kapital bozorini rivojlantirish bo鈥檡icha hamkorlikni kuchaytirishga tayyor.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida uchrashuv

Vazir Frier Bosh vazir o鈥檙inbosari Sardor Umurzoqov bilan uchrashib, 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 va Buyuk Britaniya o鈥檙tasida allaqachon ikki baravarga oshib, 478 million dollarga yetgan savdo hajmini yanada oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Shu maqsadda Vazir O鈥榸bekistonni Kengaytirilgan bosh preferesiyalar tizimi (GSP) imtiyozlaridan maksimal darajada foydalanish va Britaniya bozorlarida sotiladigan 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 mahsulotlari hajmini oshirishda qo鈥檒lab-quvvatlashdan manfaatdorligini bildirdi (翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 2021-yilning noyabr oyida Buyuk Britaniyaning EF GSP tizimiga qabul qilingan birinchi davlat bo鈥檒di).

Bundan tashqari, texnik qo鈥檒lab-quvvatlashning salohiyatli yo鈥檔alishlari, xususan, mamlakatda iqtisodiyot va savdoni liberallashtirish bo鈥檡icha islohotlarni amalga oshirishga ko鈥檓aklashish, shuningdek, JSTga kirish va salohiyatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Vazir Frier vazir Umurzoqovga Buyuk Britaniya 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍ning JSTga a始zo bo鈥檒ishini to鈥檒iq qo鈥檒lab-quvvatlashini bildirdi.

Bundan tashqari, vazirlar 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍-Buyuk Britaniya savdo va sarmoyaviy kengashining yillik savdo-investitsiya tadbiri sanasini e鈥檒on qildilar, tadbir 2022-yil oktabr oyining so鈥榥ggi haftasida bo鈥榣ib o鈥檛ishi belgilandi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan uchrashuv

Vazir Frier Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) raisi Abdulla Xursanov bilan uchrashib, Buyuk Britaniyaning moliyaviy va professional xizmatlar kompaniyalari imkoniyatlarini muhokama qildi. Buyuk Britaniyada yirik konsalting va ESG firmalari, investitsiya banklari va aktivlar menejerlari, tegishli ekspertiza va audit kompaniyalari joylashgan. Olmaliqning xususiylashtirish va xalqaro kapitalni jalb qilish bo鈥檡icha ulkan rejasida London fond birjasi obligatsiyalar chiqarish va IPO uchun eng yaxshi tanlovga aylanmoqda. Xorijiy sarmoyadorlar tomonidan 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 qimmatli qog鈥檕zlariga bo鈥檒gan ishtaha juda yuqori ekanligi qayd etildi.

Vazir janob Xursanovga Buyuk Britaniya eksport-moliya kredit agentligi (UKEF) va Buyuk Britaniyaning Standard Chartered kabi banklarining OKMK tomonidan taqdim etilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun mo驶ljallangan moliyaviy vositalari haqida ma始lumot berdi.

鈥湴库€检产别办颈蝉迟辞苍 aeroportlari鈥� bilan uchrashuv

Vazir Frier 鈥淥鈥榸bekiston aeroportlari鈥� aksiyadorlik jamiyati raisi o鈥榬inbosari bilan uchrashuvda kompaniyaning O鈥榸bekiston hududlari va poytaxtida yangi aeroportlar va terminallarni rivojlantirish va qurish bo鈥榶icha rejalarini yuqori baholadi. Shuni ta鈥檏idlab o鈥檛diki, Britaniya kompaniyalari aviatsiya va aeroportlarni qurish va boshqarish, jumladan, muhandislik va dizayn, strategik rejalashtirish, ekspluatatsiyalar bo鈥檡icha maslahatlar berish, shuningdek, terminallarni xavfsizlik va nazorat qilish tizimlari bilan ta鈥檓inlash, yuklarni tashish va hokazolar bo鈥檡icha jahon darajasidagi tajribaga ega. Buyuk Britaniya aviatsiyasi va aeroporti imkoniyatlarining eng a鈥檒o namunasi Londondagi Xitrou aeroportidir.

Vazir Britaniyaning muhandislik va arxitektura kompaniyalari, banklari va kredit agentligi xalqaro kompaniyalar bilan birgalikda 鈥淯zbekistan Airports鈥� AJning uchta yangi loyihasida ishtirok etishga tayyorligini qayd etdi.

Qo鈥檚himcha ma鈥檒umot:

  • Twitter: ,
  • Facebook:
  • Instagram:

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 10 iyun 2022