携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o鈥檙inbosari O鈥榸bekistonga aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashrif buyurdi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirin o鈥榬inbosari Leo Dokerti 2023-yilning 6-7-iyun kunlari O鈥榸bekistonda bo鈥榣di. Tashrifdan maqsad Buyuk Britaniya va O鈥榸bekiston o鈥榬tasidagi savdo, xavfsizlik, mudofaa va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan iborat edi.

袘褍 2022 to 2024 Sunak Conservative government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪

Tashrif doirasida vazir o鈥檙inbosari bir qator 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 hukumati vakillari bilan uchrashdi. 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 Tashqi ishlar vaziri o鈥檙inbosari G鈥檃yrat Fozilov bilan uchrashuvi davomida ikki tomonlama munosabatlar va islohotlar jarayoni, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi asosiy masalalar, jumladan, Afg鈥榦nistondagi vaziyat, muhokama qilindi.

Bundan tashqari, vazir Dokerti Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o鈥檙inbosari Badriddin Obidov bilan uchrashib, ikki tomonlama savdo va investitsiya aloqalar, jumladan, Buyuk Britaniyaning O鈥榸bekistonning Jahon savdo tashkilotiga a鈥檢o bo鈥榣ishini qo鈥榣lab-quvvatlashi hamda 鈥淚qtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv鈥� dasturi doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi.

Vazir O鈥榸bekiston tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Amaliy san鈥檃t muzeyiga ham tashrif buyurdi va Britaniya Kengashining O鈥榸bekistondagi direktori Denis Uoddingem bilan uchrashdi.

鈥淥鈥榸bekiston Buyuk Britaniyaning juda muhim hamkoridir. Biz savdo aloqalarimizni va ta鈥檒im, boshqaruv, xavfsizlik va iqlim o鈥榸garishi sohasidagi hamkorligimizni kengaytirmoqdamiz.

鈥淥鈥榯gan yili Buyuk Britaniya va O鈥榸bekiston o鈥榬tasida diplomatik munosabatlar o鈥榬natilganining 30 yilligi nishonlandi. O鈥榶laymanki, ikki tomonlama munosabatlarimiz bundan keyin ham ijobiy yo鈥榥alishda rivojlanadi鈥�, 鈥� dedi vazir tashrif yakunida.

Qo鈥檚himcha ma鈥檒umot

Biografiya

Leo Dokerti 2022-yil 27-oktabrda Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo驶stlik ishlari va taraqqiyot vazirligining (TIV) vazir o驶rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U ilgari 2022-yil 7-sentabrdan 2022-yil 27-oktabrgacha TIVda Yevropa bo驶yicha davlat vaziri bo驶lgan. Undan avval Vazirlar Mahkamasining va Mudofaa vazirligining parlament kotibi (mudofaa va veteranlar vaziri) hamda bo鈥檒gan. 2017-yildan beri Aldershot shahri nomidan parlament a始zosi bo鈥檒ib xizmat qilib kelmoqda.

Vazir o鈥檙inbosari Dokerti 1976-yilda Shotlandiyada tug鈥檌lgan bo鈥檒ib, Glostershirda ulg鈥檃ydi. Sharqshunoslik va Afrikashunoslik universitetini (SOAS) tugatgandan so鈥檔g u Sandxerst Qirollik harbiy akademiyasida o鈥檘igan va 2001-yilda Shotlandiya gvardiyasi safiga tayinlangan. U Iroq va Afg鈥檕nistonda Shotlandiya gvardiyasining 1-batalyonida va 16-havo hujumi brigadasida xizmat qilgan va o鈥檢 tajribasini 鈥淥鈥檒im cho鈥檒i; Askarning Iroqdan Afg鈥檕nistonga sayohati鈥� (Faber 2007) kitobida so鈥檢lab bergan.

U Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo bo鈥檡lab juda ko鈥檖 sayohat qilgan va 2007-yilda Istanbuldan Afg鈥檕nistonga otda, piyoda, velosipedda va jamoat transportida sayohat qilib, bu 6 oylik sayohati afg鈥檕nlarning an鈥檃naviy Buzkashi o鈥檡inida ishtirok etish bilan yakunlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 20 iyun 2023