携薪谐懈谢懈泻 褋褞卸械褌谢邪褉懈

Buyuk Britaniya va Italiya 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍da qayta tiklanadigan energiya bo鈥檡icha muloqotni qo鈥檒lab-quvvatlashdi

Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Toshkentdagi Turin politexnika universitetida yangilanuvchi energiya konferensiyasini tashkil etishni qo鈥檒lab-quvvatladi.

袘褍 2019 to 2022 Johnson Conservative government 薪芯屑懈写邪薪 斜褳谢谐邪薪

鈥淓nergiya o鈥檛ishi barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun haqiqiy impuls kabidir鈥� deb nomlangan konferensiya Italiyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan birgalikda Italiyaning Turin politexnika universiteti ishtirokida 2021-yilning 15-oktabr kuni tashkil etildi.

Ikki elchixonaning mazkur tashabbusi 2021-yil noyabr oyida Glazgoda bo鈥檒ib o鈥檛adigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o鈥檢garishi bo鈥檡icha Konvensiyasi 26 鈥揟omonlar konferensiyasini (COP26) birgalikda boshqaradigan Italiya va Buyuk Britaniya uchun o鈥檢 vaqtida va ramziy ma鈥檔oga ega bo鈥檒di.

Konferensiya COP26ning Yevropa, Markaziy Osiyo, Turkiya va Eron bo鈥檡icha mintaqaviy elchisi Devid Moran video-murojaati bilan ochildi. Anjumanda onlayn va oflayn tarzda sohaning yetakchi ekspertlari qatnashdilar, jumladan Buyuk Britaniya mutaxassislaridan Stratklayd universiteti kafedra mudiri o鈥檙inbosari va ixcham energiya tizimlari professori Styuart Gallouey va 鈥淛uru Energy鈥� kompaniyasining boshqaruvchi direktori Botir Gafurov 鈥湴库€检产别办颈蝉迟辞苍da sarmoyaviy quyosh fotoelektr tizimi loyihasini ishlab chiqish: texnik nuqtai nazaridan鈥� mavzusida taqdimot qildilar.

Ushbu tadbir umumiy maqsadlarga erishishda tajriba va fikr almashish imkoniyatini berish uchun qatnashchilarning e鈥檛iborini siyosiy tahlillar va aniq tematik tadqiqotlarga qaratishi kutilmoqda. COP26ning Yevropa, Markaziy Osiyo, Turkiya va Eron bo鈥檡icha mintaqaviy elchisi Devid Moran o鈥檢ining kirish nutqida shunday dedi:

Buyuk Britaniya past uglerodli iqtisodiyotni yaratish, yo鈥檒ga qo鈥檡ish va xarajatlarni kamaytirishni rag鈥檅atlantirish uchun to鈥檊鈥檙i siyosat va harakatlantiruvchi kuchlarni o鈥檙natishga qat鈥檌y bel bog鈥檒agani va loyihalarni moliyalashtirishning global markazi bo鈥檒ganiga asoslanib, past uglerodli energetika sohasida global yetakchi hisoblanadi.

Biz 翱鈥检产别办颈蝉迟辞苍 hukumatiga qayta tiklanadigan energiya va professional xizmatlar sohasida keng ko鈥檒amli yordam taklif etuvchi Britaniya kompaniyalarining top-menejerlari bilan uchrashishda yordam berishdan xursand bo鈥檒amiz.

Qo鈥檚himcha ma鈥檒umot

  • Twitter: and
  • Facebook:
  • Instagram:

Updates to this page

袧邪褕褉 覜懈谢懈薪谐邪薪 27 oktyabr 2021